• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Chexiyaning yetakchi olimlaridan mahorat darsi

Bank-moliya akademiyasi zamonaviy kadrlar tayyorlash talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda xorijiy hamkorlik aloqalarini kengaytirib kelmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun yuqori salohiyatga ega mutaxassislar yetishtirib chiqarishga qaratilgan. Chexiyaning Yevropa amaliy bilimlar va menejment instituti bilan amalga oshirilayotgan xorijiy malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi ana shu maqsadlarga erishishning amaliy natijasi hisoblanadi.

“Chexiyada bank-moliya tizimi tajribasi va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari” dasturi doirasida tashkil etilgan kurslar davomida tinglovchilar Chexiya bank-moliya sektorining ilg‘or tajribasini amaliyotda o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu bejiz emas, albatta. Zero, Chexiya Milliy banki inflyatsiya bo‘yicha muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oshirgan kam sonli dunyo Markaziy banklaridan biridir. Bu tajribani bevosita o‘rganish va tajribasini o‘zlashtirish akademiya tinglovchilari kasbiy mahoratini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Bundan tashqari hamkorlik doirasida intstitutning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari ham akademiya tinglovchilari bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Jumladan, Yevropa amaliy bilimlar va menejment prorektori, Ph.D Petr Hajek tomonidan o‘tkazilgan “Bank tizimi shakllanishining asosiy bosqichlari” mavzusidagi mahorat darsi davomida Chexiya bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari va bank xizmatlari bozori tahlili o‘rganildi.

Aytib o‘tish joizki, mazkur  amaliy qadamlar ta’lim oluvchilarning qiziqish va ehtiyojlariga mos tarzda tashkil etilib, malaka oshirish kursi ishtirokchilari yakunda kasbiy yangilik, ilg‘or xorijiy tajriba va texnologiyalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.