Yaponiyaga yozgi stajirovka tanlovi davom etmoqda!
Yaponiyaga yozgi stajirovka tanlovi davom etmoqda!
Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqitisodiy siyosat tadqiqotlari instituti tomonidan grant asosida tashkil etiladigan 3 haftalik yozgi xorijiy stajirovkada qatnashish istagi bo‘lgan tinglovchilar diqqatiga!
Agar Siz:
🟢 Akademiyada 2022/2023 o‘quv yili bahorgi qabul bo‘yicha sirtqi va kunduzgi ta’lim shakli mutaxassisliklari yoki 2023/2024 o‘quv yili kuzgi qabul bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakli mutaxassisliklaridan birida tahsil olayotgan bo‘lsangiz;
🟢 Ingliz tilini bilish bo‘yicha sertifikatga (IELTS, TOEFL, CEFR shkalasi bo’yicha kamida B2 daraja) ega bo‘lsangiz yoki bakalavriat bosqichini xalqaro/xorijiy universitetlardan birida tamomlagan bo‘lsangiz;
🟢 Ish stajiga ega bo‘lsangiz (davlat tashkilotida ishlovchilarga ustunlik beriladi);
🟢 Akademiyadagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichingiz yuqori bo‘lsa;
🟢 3 hafta davomida Tokio shahrida bo‘lib turish imkoniga ega bo‘lsangiz
2024-yil 29-aprel soat 12:00 ga qadar xorijiy til sertifikatingiz yoki diplomlaringiz nusxalarini Xalqaro aloqalar bo‘limiga yetkazgan holda tanlovda ishtirok etishingiz mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun https://t.me/+998887111992 orqali murojaat qiling.