Koreya aerokosmik universiteti rasmiylari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolash, Akademiya tinglovchilari uchun Koreya davlatida stajirovka, qo‘shma ilmiy halqaro konferensiya va sammitlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Akademiya rektori Elmurod Hoshimov Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga monand yuqori malakali mutaxassislar va professional kadrlarni tayyorlash dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. O‘zaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini qayd etdi.
Muloqot davomida shuningdek, Bank-moliya akademiyasida Koreya aerokosmik universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida rejali mahorat darslari tashkil etish taklifi qizg‘in muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.