Yangiliklar

image

Tokio shahrida “ABEST21 International" tashkilotining yillik anjumani boʻlib oʻtdi

Yaponiyaning Tokio shahrida “ABEST21 International” tashkilotiga a’zo oliy ta’lim muassasalarining yillik hisobot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ushbu xalqaro akkreditatsiya tashkilotining a’zosi bo‘lgan  Bank-moliya akademiyasidan ham bevosita vakil ishtirok etdi.

“The Alliance on Business Education and Scholarship for Tomorrow” mavzusida bo‘lib o‘tgan anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga “ABEST21 International” tashkilotiga a’zolik sertifikati topshirildi. Sertifikatni Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Sherzod Xannayev qabul qilib oldi hamda anjuman ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va uning faoliyati yuzasidan keng ma’lumot berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Bank-moliya akademiyasi 2023 yilning iyun oyidan buyon “ABEST21 International” tashkilotiga a’zosi hisoblanadi. Ushbu tashkilotga a’zolik  ishtirokchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari uchun ilg‘or tajriba almashish, ta’lim resurslarini almashish va turli ta’lim tashabbuslarida hamkorlik qilish uchun platforma taqdim etadi.