• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka talabgorlar uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar “Moliya, pul muomalasi va kredit”, “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” hamda “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etildi.

Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ushbu jarayonda, talabgorlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Imtihonlarda malakali ilmiy va amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, jarayonlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq o‘tkazildi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar orasidan eng yuqori natijalarni ko‘rsatganlar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichiga qabul qilinadi va o‘z ilmiy faoliyatlarini mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan dolzarb mavzular bo‘yicha davom ettiradilar.