• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-yanvar kuni Bank-moliya akademiyasi rahbariyati va Xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalari — Handong Global University, Yonsei University, Ottawa University hamda Polish-Japanese Institute of Information Technology in Warsaw vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda tomonlar o‘zaro ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlash, innovatsion ta’lim dasturlarini rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, talabalar almashinuvi dasturlari va raqamli iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlandiki, o‘tgan davr mobaynida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda katta tajriba to‘pladi. Xususan, raqamli iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida birgalikda kadrlar tayyorlash, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirish, ilmiy va o‘quv adabiyotlar fondini boyitish, qo‘shma konferensiyalar va seminarlar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinayapti.

BMA rektori Elmurod Hoshimov uchrashuv davomida O‘zbekistonning moliya va bank sohalarida yetuk kadrlar tayyorlashdagi roli hamda Koreyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ushbu hamkorlikning kelajakda ikki mamlakat ilmiy salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.

O‘z navbatida delegatsiya a’zolari ham BMA bilan birgalikda qo‘shma ilmiy izlanishlar va ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirgan holda, istiqboldagi hamkorlik rejalari yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdilar. Ushbu hamkorlik ikki tomon uchun ham yuqori malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro ta’lim sohasida muvaffaqiyatli tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim qadam bo‘lishini alohida qayd etib o‘tdilar. Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikni yuqori qadrlashlarini bildirib, birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishda yuksak natijalarga erishishga umid qilishlarini aytib o‘tishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin kelajakda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun aniq yo‘nalishlarni belgilab oldilar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hafta davomida mazkur tashrif doirasida xalqaro qo‘shma seminar tashkil etilib, unda olimlar, ekspertlar va Koreya Bosh vazirning sobiq o‘rinbosari tomonidan maxsus ma’ruzlar taqdimot qilinadi.