• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Xalqaro anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda

2025-yil 15-yanvar kuni Bank-moliya akademiyasida tashkil etilgan “Xususiylashtirish va boshqaruv” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettirdi. Konferensiyaning ikkinchi kuni Koreya, AQSH va Polsha oliy ta’lim muassasalari olimlari tomonidan qator qiziqarli mavzular bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Xususan, “Xususiylashtirish: bozor va hukumat?”, “Brendlash va iqtisodiy rivojlanish” va “Polshada xususiylashtirish strategiyalari: muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikdan saboqlar” mavzularida ma’ruzalar qilindi. Ushbu mavzularda xususiylashtirish jarayonida davlat va bozor rollari, iqtisodiy rivojlanishda brend yaratishning ahamiyati hamda Polshaning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyat va xatolaridan olinadigan saboqlar haqida ilmiy yondashuvlar bayon qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar xususiylashtirishning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi muvozanat hamda global tajribalarni O‘zbekistonga moslashtirish imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Konferensiya doirasida o‘tkazilgan munozaralar va taqdimotlar ishtirokchilarga xususiylashtirish sohasidagi ilg‘or amaliyotlar va strategiyalarni chuqurroq anglash imkonini berdi.