Davlat xaridlari elektron tizimi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
Bugun, 3-iyun kuni Bank-moliya akademiyasida “Davlat xaridlari elektron tizimi” mavzusida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir davlat moliyaviy boshqaruvida shaffoflik, samaradorlik va raqamli tizimlarni keng joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Mahorat darsida “Hayot birja” aksiyadorlik jamiyatining Hududiy vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Aziza Xo‘jayeva ma’ruza-taqdimot bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida davlat xaridlari jarayonidagi elektron platformalardan samarali foydalanish, xarid jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, normativ-huquqiy bazadagi so‘nggi o‘zgarishlar va tender jarayonlarida uchraydigan amaliy muammolar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbirda ishtirokchilardavlat mablag‘laridan oqilona foydalanish, xarid jarayonlarida elektron boshqaruvni joriy etish hamda xatarlarni boshqarish yuzasidan amaliy bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.