SESRIC bilan hamkorlik amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Turkiyada joylashgan Islom mamlakatlari statistika, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar o‘quv markazi (SESRIC) rasmiylari o‘rtasida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Islom moliyasi va iqtisodiyoti bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Islom moliyasi va iqtisodiyotiga oid mavzularda qo‘shma seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish, o‘zaro bilim va tajriba almashish uchun professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tinglovchilar uchun Islom moliyasi va iqtisodiyoti bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlari va kurslarini tashkil etish, tadqiqot metodologiyasini amalga oshirishda o‘zaro texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar.