• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

BMAning xalqaro hamkorlari safi kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti rasmiylari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan muzokaralar jarayonida o‘quv dasturlari va o‘qitish usullarini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy adabiyotlarning qo‘shma nashrlarini tayyorlash, ilmiy va amaliy loyihalarda birgalikda ishtirok etish, qo‘shma ta’lim va almashinuv dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, qo‘shma seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zaro muloqot jarayonida Akademiya rektori Elmurod Hoshimov va Moliya universitetining o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori Yekaterina Kameneva rivojlangan innovatsion ekotizim va yuksak intellektual kapitalga ega oliy ta’lim muassasasiga aylanish yo‘lida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Tomonlar hamkorlik yo‘nalishlari va shakllarini kengaytirishga yordam beradigan mazkur uchrashuv professional va do‘stona muloqot uchun asos bo‘lganini qayd etib, o‘zaro hamkorlikning amaliy, huquqiy va tashkiliy jihatlarini kelishib oldilar.