• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Hamkorlik munosabatlarining keyingi bosqichlari kelishib olindi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Bahrayn davlatining Bank va moliya instituti (Bahrain Institute of Banking and Finance) rasmiylari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Amaliy uchrashuvda tomonlar islom moliyasi va moliyaviy texnologiyalar (Fintech) bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish va uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, muloqot davomida o‘zaro hamkorlik munosabatlarining keyingi qadamlari va bosqichlari kelishib olindi.

Ma’lumot uchun. Bayrayn Markaziy banki huzuridagi Bahrain Institute of Banking and Finance 42 yillik tarixga ega bo‘lib, bank-moliya sohasida professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro darajadagi nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.