Malayziyaning Utara universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Malayziyaning Utara universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, doktor Shahimi Mohtar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning amaliy natijalari tahlil qilinib, ta’lim, fan, ilmiy tadqiqot, stajirovkalarni tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama sheriklikni yanada mustahkamlashga doir takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Qayd etildiki, ta’lim sohasida tomonlar o‘rtasidagi akademik almashinuvlar yo‘lga qo‘yilgani, qo‘shma akademik dasturlar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun stajirovkalar tashkil etilayotgani har ikki tomon uchun foydali bo‘lib, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlamoqda.