Yangiliklar

image

Tinglovchilar Malayziyada tashkil etilgan muddatli o‘quv kurslarda ishtirok etmoqdalar

Avval xabar berganimizdek, Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida tashkil etilgan muddatli o‘quv kursida ishtirok etmoqdalar.

 “Islom banki va moliyasi: Malayziya tajribasi” dasturi doirasida tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirokchilar xalqaro yetakchi olimlar va mutaxassislarning “Islom moliyasining asoslari va tijorat shartlari”, “Islom ijtimoiy rivojlanish moliya mahsulotlari: Waqf, Sadaqah, Qarzi hasan”, “Islom moliya tashkilotlarida korporativ va shariy boshqaruv”, “Islomiy birja bozori” kabi mavzular bo‘yicha ma’ruzalarini tingladilar.

Shuningdek, Malayziya Markaziy banki, Soliq va zakot qo‘mitasi, Xalqaro islomiy likvidlilikni boshqarish hamda Qimmatli qog‘ozlar tashkiloti, “Bank Muamalat Islom” bankida amaliy tajribalarni o‘zlashtirmoqdalar.