• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olishga taklif etamiz

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olishga taklif etamiz

Bank-moliya akademiyasi yetakchilik, strategik fikrlash va operatsion samaradorlikni o‘z ish faoliyatiga integratsiyalashtiruvchilar uchun qo‘shma ta’lim dasturi asosidagi ta’lim xizmatlarini taklif etadi.

Ushbu qo‘shma dastur Malayziyaning Utara universiteti (UUM — jahon oliy ta’lim muassasalari reytingining «Top-500» ro‘yxatidan o‘rin olgan) bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv jarayonlari kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Dastur tinglovchilari 3 semestr mobaynida Toshkentda va 1 semestr Malayziyada tashkil etiladigan o‘quv va amaliyot jarayonlarida ishtirok etadilar.

Dars mashg‘ulotlari ingliz tilida o‘tkaziladi.

Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha UUM tomonidan belgilangan quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
- TOEFL
- IELTS 6.0
- MUET 4.0 (Malayziya)
- Cambridge English Advanced (CAE) minimal ball 169.
- Pearson Test of English Academic (PTE Academic) minimal ball 50;
- Bakalavr darajasini ingliz tilida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom).

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini tasdiqlovchi diplomlar beriladi:
MBA – Master of Business Administration (BMA)
MBM — Master in Business Management (UUM)

Hujjatlar 2024-yil 20-avgustga qadar https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali qabul qilinadi.

Murojaat uchun: +998 71 237-53-16