Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar mutaxassislik fanidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tdilar
2025-yilning 3-choragi uchun PhD va DSc darajalari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar mutaxassislik fanidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat jarayoni belgilangan tartib asosida, xolislik va shaffoflik mezonlari asosida tashkil etildi. Jarayonda talabgorlar o‘z tadqiqot yo‘nalishlariga muvofiq ravishda amaliy va nazariy savollardan iborat bilimlarini namoyish etdilar.
Suhbat natijalari asosida talabgorlarning ilmiy salohiyati, tanlangan mavzuning dolzarbligi va tadqiqot qobiliyati baholandi.
Eslatib o‘tamiz, Bank-moliya akademiyasida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) amalga oshirilmoqda:
📌 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit
📌 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
📌 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya