• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Akademiyada birja amaliyoti bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Bank-moliya akademiyasida moliya bozorlari, xususan, birja savdolari mexanizmlarini o‘rganish va amaliyot bilan bog‘lash maqsadida “Birja faoliyatining asoslari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida yetakchi investitsiya maslahatchisi Axrorbek Tillayev maxsus ma’ruza-taqdimot bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida fyuchers, aksiyalar va obligatsiyalar bozori kabi hosilaviy vositalar, savdo platformalaridagi real amaliyotlar hamda investitsiya portfelini boshqarish asoslari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Ma’ruza davomida ishtirokchilar birja faoliyatining huquqiy asoslari, milliy va xalqaro bozor o‘rtasidagi farqlar, xatarlarni boshqarish hamda moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.