• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

“UzAuto Motors Powertrain” AJ zavodiga tashrif

Bisnesni boshqarish magistratura mutaxassisligi tinglovchilari magistrlik dissertatsiyasini yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy ish faoliyati doirasida “UzAuto Motors Powertrain” AJ zavodida bo‘ldilar.

Mazkur tashrif davomida tinglovchilar “Marketing menejmenti” fani doirasida “General Motors Powertrain Uzbekistan” zavodining tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdilar. So‘ngra zavodning har bir bo‘limlari va ishlab chiqarish ob’ektlari faoliyatini kuzatishib, Zavod xodimlari bilan amaliy muloqotlar olib bordilar.

Shuningdek, tinglovchilar tashrif mobaynida “General Motors Powertrain Uzbekistan” zavodida joylashgan mehmonlar uchun tashkil etilgan ko‘rgazma zalida bo‘lib, u yerda zavodda ishlab chiqarilgan Chevrolet Gentra, Chevrolet Nexia va Chevrolet Spark avtomabillari uchun tayyor bo‘lgan mator mahsulotlari bilan tanishdilar. 2021-yildagi muvaffaqiyatli marketing targ'iboti uchun “Transport” yo’nalishida “Yil brendi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lish omillari haqida ma’lumot oldilar.