Xalqaro sertifikatlash borasida kelishuvga erishildi
Bank-moliya akademiyasi rahbariyati hamda Ostona xalqaro moliya markazining “Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi” — BCPD rasmiy vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar jarayonida investitsiya faoliyati, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, ichki audit kabi sohalarda moliya xodimlarini xalqaro professional sertifikatsiyalash imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, Chartered Financial Analyst hamda Financial Risk Manager bo‘yicha xalqaro sertifikatlash, malaka talablari bo‘yicha hamkorlikda kadrlarni o‘qitish, imtihon jarayonlariga tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov hamda Bureau for Continuing Professional Development Ltd. — BCPD apparati rahbari Asiya Karibay tomonidan o‘zaro manfaatli aloqalar yuzasidan memorandum imzolandi.