• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

Bugun, 18-noyabr kuni Bank-moliya akademiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tazildi.

Tadbirda Davlat dasturining Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 mln. AQSH dollaridan 7 milliard AQSH dollariga yetkazish (3-ustuvor yo‘nalish, 27-maqsad) masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Qayd etildiki, bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha Xalqaro valyuta jamg‘armasining Moliyaviy barqarorlik bo‘yicha doimiy ekspertini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 2022 yil birinchi yarim yillik natijalari bo‘yicha Moliyaviy barqarorlik sharhini chop etish hamda sharhga tegishli bo‘lgan dolzarb mavzulari bo‘yicha alohida tadqiqotlar olib borish bo‘yicha ishlar olib borilayapti. Jumladan, Markaziy bankning rasmiy saytida “Qarz yuki tahlili va xatarlar” bo‘yicha sharhi hamda “Aholining qarz majburiyatlarini bajarish holati” ma’lumotnomasi e’lon qilindi.

Ayni vaqtda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida jalb qilingan ekspert bilan birgalikda makro stress-test o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasi shakllantirish jarayoni olib borilayapti.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi hamda uning infratuzilmasi shakllanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar, shuningdek ushbu bozor segmentida faoliyat yurituvchi professional ishtirokchilarni tayyorlash tizimidagi muammolar bo‘yicha bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha respublikamizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.