Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
Bugun, 21-noyabr kuni Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori Igor Maksimsev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Bank-moliya akademiyasiga keldi.
Akademiya rahbariyati bilan uchrashuvda ikki tomonlama kelishuv asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning amaliy ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti yetakchi olimlari tomonidan Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun «Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish risklari. Loyihani moliyalashtirish» mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov hamda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori Igor Maksimsev tomonidan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik ishchi dasturi imzolandi.
Kunning ikkinchi yarmida Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti va BFA o‘rtasidagi hamkorlik ishchi dasturini tayyorlash bo‘yicha mas’ullar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.