Akademiya bitiruvchilariga diplom topshirildi
Bugun, 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Bitiruvchilarga diplom topshirish marosimida so‘zga chiqqan Akademiya rektori Elmurod Hoshimov, Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish departamenti direktori Adxam Eshchanov, Markaziy bankning Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti rahbari Sherbek Karaliyev, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ Xodimlar bilan ishlash departament direktori Jasur Meyliyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Bank-moliya akademiyasi rektori maslahatchisi Nodir Jumayev va boshqalar o‘z samimiy tilaklarini bildirdilar.
Shundan so‘ng ish beruvchi tashkilotlar, moliya muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar ishtirok etgan tadbirda bitiruvchilarga mutaxassislik diplomi tantanali ravishda topshirildi. O‘qish va ilmiy faoliyatdagi faolligi uchun bir guruh bitiruvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun. Joriy yilda Bank-moliya akademiyasini Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA), "Bank ishi" va "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" mutaxassisliklari boʻyicha 195 nafar tinglovchi tamomladi.