Konstitutsiya — barqaror hayot va taraqqiyotimiz kafolati
Ayni damlarda yurtimiz bo‘ylab tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi ko‘tarinki kayfiyatda keng nishonlanayapti.
Shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari, madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Bayram tadbirida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizning ravnaqi, ta’lim rivoji, fuqarolarimizning tinch va osuda hayot kechirishlarining kafolati ekanligini alohida qayd etib o‘tdilar. Amalga oshirilayotgan konstitutsyaiviy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida gapirib berdilar.
Tadbirning ma’naviy-ma’rifiy qismida san’at va madaniyat arboblari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.