• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Akademiya rektorining bayram tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli tinglovchilar va akademiyamizning ahil jamoasi!


Siz azizlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugun biz ilm-fanga katta e’tibor berilayotgan davrda yashayapmiz. Bu o‘z navbatida ta’lim va ilm-fan sohasining barcha ishtirokchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Taraqqiyotimizni ta’minlaydigan va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shadigan tashabbuslar qilishga chorlaydi. Shu bois qanchalik o‘z sohamizni mukammal o‘rgansak, ilmiy asoslar yaratsak, o‘ylaymanki, mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Mazkur sharafli yo‘lda barchangizga mustahkam sog‘liq va ijodiy barkamollik tilayman. Ayni davrning qahramonlari bo‘lishdek sharafli burchni muvaffaqiyatli ado etishda omad yor bo‘lsin!

Sizlarni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.

Samimiy ehtirom ila,

Elmurod HOSHIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori