Muhokama markazida sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash va qayta-tayyorlash masalasi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya rektori Elmurod Hoshimov so‘zga chiqib, sug‘urta bozori mutaxassislarini Bank-moliya akamdemiyasida tayyorlash hamda qayta-tayyorlash bo‘yicha imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
— Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatizning barcha iqtisodiy sohalari raqamli taransformatsiya jarayonlarini boshidan kechirmoqda. Hozir kunda moliyaviy xizmatlarni tez, sifatli va albatta kam xarajat talab qiladigan raqamli platformalarda amalga oshirilishi kun mavzisiga aylanib qolgan oddiy reallikni aks ettirmoqda. Bu jarayonlarning sug‘urta xizmatlari bozorida ham amalga oshirilishi dalzarb hisoblanadi.
Tadbir davomida Bank-moliya akademiyasining “Sug‘urta va risklarni boshqarish” kafedrasida 2020/2023 o‘quv yilidan boshlab “Sug‘urta fondlarini boshqarish” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tinglovchilar tahsil olib kelayotgani ma’lumot sifatida aytib o‘tildi.
Ta’kidlandiki, hozirgi kunda Bank-moliya akademiyasi sug‘urta sohasining qo‘yi va o‘rta bo‘g‘in xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyatiga ega. Halqaro aloqalar qamrovining yuqoriligi va keng tarmoqli xorijiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani sug‘urta kompaniyalari rahbarlari va menejerlari, viloyat bo‘limlari va filiallari xodimlari uchun xorijiy malaka oshirish va stajirovka kurslarini tashkil etish imkoniyatini taqdim etadi.
Shuningdek, tadbirda Akademiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, elektron sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan sug‘urta tashkilotlari ma’lumotlar bazalarini integratsiyasi va YTH to‘g‘risida xabarnomani onlayn yuborish bo‘yicha mobil ilovani ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.