MHXS hujjatlari mamlakatimiz hududida qo‘llash uchun tan olindi
Bugunigi kunda mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilayapti. Jumladan, 62 ta MHXS hujjatlari davlat tiliga tarjima qilindi.
Quvonarlisi, mazkur jarayonlardagi faol ishtiroki uchun MHXS hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish komissiyasi a’zosi, Bank-moliya akademiyasining Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri Nurbek Rizayevga Moliya vazirligi tomonidan alohida minnatdorchilik bildirildi.
Moliya vazirligining MHXS hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘ini hamda MHXS hujjatlari matni bilan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida (lex.uz), MHXS hujjatlarining davlat va boshqa tillardagi matnini Moliya vazirligining veb-saytida tanishishingiz mumkin.