BMA tinglovchilari Permda budjet asosida o‘qishlari mumkin
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi “Iqtisodiyot oliy maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Perm kompusining Fan va xalqaro rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yelena Shadrina bilan bolib o‘tgan onlayn muloqot davomida ma’lum qilindi.
Ishchi tartibda o‘tkazilgan muloqot davomida o‘zaro manfaatli sohalarda tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab olindi. Jumladan, yangi o‘quv yilidan boshlab ikki tomonlama diplom beruvchi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlikning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muloqot davomida Yelena Shadrina tomonidan “Iqtisodiyot oliy maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Perm kompusida Bank-moliya akademiyasi tinglovchilarini budjet asosida o‘qitish taklifi bildirildi.