• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Tadqiqot ishining ilmiy sifatini oshirishga qaratilgan maslahatlar berildi

O‘zbekisiton Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSs.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi yetakchi tashkilot ilmiy-nazariy seminari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab seminarda Toshkent moliya instituti tayanch doktoranti Akramov Abdulla Bahodir o‘g‘lining 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotni tuzish va uning tahlilini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, Ilmiy kengash a’zolari mustaqil izlanuvchi Qahhorov Azizjon Ahror o‘g‘lining 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalarni baholash masalalari” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi taqdimoti bilan tanishdilar.

Seminar yakunida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy izlanuvchilarga muhokama qilingan tadqiqot ishlarining ilmiy sifatini oshirishga qaratilgan maslahatlar berildi.