• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi

Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023 yil — “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi a’zoligiga saylovlar o‘tkazilib, Bank-moliya akademiyasi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Nurbek Rizayev Tarmoq kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi taftish komissiyasi a’zosi etib saylandi.