Vakillarimiz Malayziya safariga jo‘nab ketdilar
Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari hamda mamlakatimiz tijorat banklarining yetakchi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Malayziyaning Kuala Lumpur shahriga jo‘nab ketdilar.
Safar davomida delegatsiya a’zolari IBS-BFA hamkorligida tashkil etiladigan “Islomiy bank va moliya” dasturi doirasida qisqa muddatli o‘quv kursida qatnashadilar.
Dastur doirasida vakillarimiz Kuala-Lumpurdagi Islom banki, Geopark kashfiyoti markaziga tashrifni amalga oshiradilar. “Islomiy Bank ishi: Malayziya tajribasi”, “Takaful sanoati: Malayziya tajribasi”, “Muamalat va Islom bank ishi asoslari” kabi mavzularda tashkil qilinadigan maxsus kurslarda ishtirok etadilar.