BMA va TMB amaliy hamkorligi bank sohasi xodimlarining bilim va tajribalarini oshirishga xizmat qiladi
Xabar qilganimizdek, Bank-moliya akademiyasida Turkiya Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda “Bank tizimi barqarorligi: siyosat, tahdidlar va imkoniyatlar” nomli qisqa muddatli kurs mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Akademiya professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari va mamlakatimiz bank-moliya tizimi xodimlari uchun o‘tkazilayotgan mazkur kurs mashg‘ulotlari Turkiya Respublikasi Markaziy banki ekspertlar guruhinining amaliy tashrifi doirasida tashkil etildi.
Tashrifning 15-mart kuniga belgilangan dasturiga asosan “Climate Change & CBRT Financial and Socio-economic Impakts of Climate Change: The Role of Central Banks”, “Economic Lens to the Real Sector (ELRS): A Field Research” hamda “Credit Risk Management for FX and Gold Reserves” mavzulari taqdimot qilindi. Ma’ruzalar TMBning Yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishini kuzatish departamenti eksperti M. Cihat Simsek, TMBning Real sektor monitoringi departamenti eksperti Sebnem Oguz hamda TMBning Korporativ risklarni boshqarish departamenti eksperti Emre O‘zberk tomonidan o‘tkazildi.
Intensiv kurs o‘z ishini ertaga, 16-mart kuni ham davom ettiradi.