• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

O‘zbekiston va Turkiya Markaziy banklari bilan amaliy muloqotlar olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiylari Turkiya Respublikasi Markaziy banki ekspertlar guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Muzokaralar jarayonida tomonlar amaliy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma texnik maslahatlar, treninglar, seminarlar va ekspertlar tashrifini tashkil etish, moliya sektori uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash kabi faoliyatga doir bir qator masalalarni muhokama qildilar.

Muloqotlar yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.