• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

BMA va UUM o‘rtasidagi amaliy hamkorlik e’tirof etildi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov hamda Malayziya oliy ta’lim vaziri Muhammad Xalid Nordin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (BMA) va University Utara Malaysia (UMM) huzuridagi Islom biznes maktabi o‘rtasidagi respublikada islom moliyasini rivojlantirish va ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘rnatilgan hamkorlik olqishlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hamkorlik muntazamlik kasb etib, Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari hamda mamlakatimiz tijorat banklarining yetakchi mutaxassislari Malayziyaning yirik moliya tashkilotlari, biznes markazlari, bilim dargohlarida nazariy va amaliy bilimlarini boyitib kelmoqdalar. Jumladan, yaqinda 20 nafardan ortiq vakillarimiz Malayziyada tashkil etilgan “Islomiy bank va moliya” dasturi doirasida qisqa muddatli o‘quv kursida ishtirok etib qaytdilar.