Jahon banki bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Jahon bankining moliya sektori bo‘yicha katta mutaxassisi va loyiha rahbari Valeriya Goffe boshchiligidagi missiya tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Jahon banki loyihalari doirasida bank-moliya sektori xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Ushbu hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy, huquqiy va texnik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.