Tashkilot va korxonalarga amaliy tashriflar davom etmoqda
Magistrlik dissertatsiyasini yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha “Ilmiy-amaliy ish” faoliyati doirasida tashkilot va korxonalarga amaliy tashriflar davom etmoqda.
Navbatdagi tashrif davomida “Bank hisobi, auditi va nazorati” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari “Banklarda ichki va tashqi audit” fani doirasida Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada bo‘ldilar.
Dastlab tinglovchilar Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdilar. So‘ngra kutubxonaning har bir bo‘limlari va o‘quv zallari faoliyatini kuzatishib, kutubxona xodimlari bilan amaliy muloqotlar olib bordilar.
Shuningdek, tinglovchilar tashrif mobaynida Kutubxonaning “Amerikaga nigoh” o‘quv zalida kitobxonlar tomonidan eng ko‘p so‘raladigan nashrlar – IELTS, TOEFL, GRE, GMAT, SAT, LSAT dasturlariga oid qo‘llanmalar va darsliklar, lug‘atlar, badiiy adabiyotlar bilan tanishdilar.