Akademik faoliyatga angliyalik olimlar jalb qilinadi
Bugun, 15-noyabr kuni Bolton universiteti prorektori, Islom moliyasi markazi direktori, professor Mohammed Abdel Haq bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ilmiy izlanuvchilari va tinglovchilari uchun iqtisodiyot fanlari bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribaga ega professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘qitishni tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, muloqot davomida Bolton universitetining ilmiy tadqiqot faoliyatida to‘plagan ilg‘or tarjibasi va tadqiqot markazlarining amaliy ish tajribasini o‘rganish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Muloqot yakunida Akademiya ilmiy izlanuvchilari va tinglovchilari uchun iqtisodiyot fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.