• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Xalqaro kelishuvlar amalda

Joriy yilning 14-15 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Handong Global University o‘rtasidagi kelishuv memorandumiga asosan tinglovchilar uchun 2 kunlik qisqa o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Koreya Respublikasining xalqaro darajadagi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida “Kapital bozori vositalari” (Capital Market Instruments), “Risklarni boshqarish” (Risk Management), “Ochiq iqtisodiyotning makroiqtisodiy siyosati va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” (Open Economy Macroeconomic Policy and International Standards of Financial Reporting) kabi mavzularda ma’ruzalar olib borildi.

Treninglar yakunida Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov Handong Global University professori Jinwon Ahn'ga o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada tashkil etishdagi amaliy sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ta’kidlandiki, bu kabi amaliy ruhdagi hamkorlik Akademiya tinglovchilarining professional karerasi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Shuning bilan birga Bank-moliya akademiyasining jahon darajasidagi ilm markaziga aylanishi uchun ham foydali bo‘ladi.