INCEIF bilan amaliy kelishuvlarga erishildi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Malayziyaning INCEIF universiteti rasmiylari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur onlayn uchrashuv Oʻzbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi koʻmagida tashkil etilib, unda INCEIF universiteti prezidenti va bosh direktori professor Azmi Omar va Oʻzbekiston Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Xoshimov hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara olib bordilar.
Muhokamalar jarayonida islom moliyaviy xizmatlari sohasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chqildi.
Muzokaralar jarayonida muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi.