Malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik ko‘lami kengaymoqda
Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Islamic Business School (IBS) rasmiylari ishtirokida onlayn tarzda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida islom moliyasi, islom iqtisodi va islom boshqaruvi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, istiqbolda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, pedagoglarni o‘qitish va qayta tayyorlash, almashinuv dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib boorish, hamkorlikda o‘quv dasturlari va qo‘llanmalari yaratish borasida takliflar bildirildi.